Eshmamatova Sitora Tuyg'un qizi, Niyazmetova Saodat, Asanbekova Aynura — 2025-09-23 • International Journal of Digital Studies, 1(1): 48–52
Inklyuziv ta’lim ta’lim tizimida barcha o‘quvchilarni, jumladan maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ham umumiy ta’lim makoniga integratsiya qilish orqali ularning o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish imkonini taqdim etuvchi tizim sifatida qaraladi. Bu jarayon zamonaviy ta’limda muhim o‘rin egallaydi, chunki u ijtimoiy barqarorlik, teng huquqlar va insoniy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Inklyuziv ta’limga jalb etilgan o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlash esa bu jarayondagi institutsional va amaliy masalalarning biri sanaladi. Chunki ta’lim makonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday
xavf-xatar, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishi va sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.