Rashidbek Masharibov, Ilmiy rahbar: Jumayeva Z.Q. — 2026-08-09 • International Journal of Digital Studies, 2(1): 211–213
Mazkur maqolada iqtisodiy o‘sishni barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ta’minlashda hududiy ekologik boshqaruvning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Hududlarning tabiiy-resurs salohiyati, ekologik holati va iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy manfaatlar va ekologik xavfsizlikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan hududiy ekologik boshqaruv modeli taklif etiladi. Ushbu model hududlarda resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni kamaytirish hamda uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.