Inomjonova Dildora Rustam qizi — 2025-09-23 • International Journal of Digital Studies, 1(1): 19–23
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tadbiq etishning dolzarbligi yoritilgan. Bugungi kunda bolalarning intellektual, ijtimoiy-psixologik va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi innovatsion yondashuvlar – interaktiv o‘yinlar, zamonaviy texnologiyalar, STEAM yondashuvi, Montessori, Reggio Emilia kabi pedagogik tizimlarning qo‘llanishi muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilingan.