Y.R.Raxatova — 2026-08-09 • International Journal of Digital Studies, 2(1): 224–227
Mazkur maqolada oilaviy munosabatlarda ota-onalar va bolalarning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilinadi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida nafaqat ma’naviy, balki iqtisodiy
munosabatlarning ham markazi hisoblanadi. Shu sababli oilada mulkiy munosabatlarning qonuniy asosda tartibga solinishi oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ota-onalarning voyaga yetmagan bolalarni moddiy ta’minlash majburiyati, bolalarning mulkiy huquqlari, aliment munosabatlari hamda oilaviy mulkning huquqiy maqomi ilmiyhuquqiy jihatdan yoritilgan.