Ravshanov Yorqin Egamberdiyevich — 2025-09-23 • International Journal of Digital Studies, 1(1): 12–18
Ushbu maqolada virtual muzeylarning tarix fanini o‘qitishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Virtual muzeylar nafaqat tarixiy ma’lumotlarni vizual shaklda taqdim etadi, balki o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi, ularning tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi. Tadqiqotda xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston muzeylari misolida virtual ekskursiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari tarix ta’limida yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.