Usmonova Xadicha Jo’rayevna — 2025-09-23 • International Journal of Digital Studies, 1(1): 39–47
Ushbu maqolada zotli qoramollar orasida trixofitiya kasalligini yil fasllari kesimida aniqlash va epidemiologik baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning bir nechta mintaqalarida o‘tkazildi. Tahlil natijalari kasallikning eng yuqori uchrash holatlari kech qishda va erta bahor oylariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Mavsumiy o‘zgarishlar, havoning namligi, zoogigiyenik sharoitlar trixofitiyaning tarqalishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalari asosida kasallikni erta aniqlash, mavsumga qarab profilaktika choralarini kuchaytirish taklif qilindi